AKTSIDENTSIYA

AKTSIDENTSIYA (lotincha accidentia — tasodif) — biror narsaning tasodifiy, o’zgaruvchan, muhim bo’lmagan, o’tkinchi xossasi. Substantsiyagya qarama-qarshi. Aktsidentsiya termini birinchi marta Aristotelning «Metafizika» va «Fizika» asarlarida ishlatilgan. O’rta asr sxolastikasida, 17-18 — asr falsafasida ko’p qo’llanilgan va Sharq falsafasida al-Oraz deb ishlatilgan.