Akvalangni kim ixtiro qilgan?
Hozirgi kunda dengiz va daryolarning cho’milish joylarida (plyajlarda) akvalang kiygan odamlarni xohlagancha uchratasiz. Akvalang, sizning ota-onalaringizda ham bo’lishi mumkin. Shu tufayli ko’pchiligingiz akvalang. Yordamida inson suv ostida bemalol nafas olib, suvosti dunyosini miriqib tomosha qila olishi mumkinligini ham bilsangiz kerak. Biroq akvalang dilxushlik uchungina ixtiro qilinmagan. Ikkinchi jahon urushi paytida — bu urush 1939 yil boshlanib 1945 yil tugagan — bir kuni fransuz dengiz zobiti (ofitseri) Jak IV Kusto (keyinchalik u mashhur sayyoh-olim, dengiz va okeanlar tadqiqotchisi) nemis kemalarining O’rta yer dengizidagi harakatini kuzatish yuzasidan topshiriq oldi. U zimmasidagi vazifasini bajarish uchun yo’lga tushdi va O’rta yer dengizidagi cho’milish joylarida bir kecha-kunduz kezdi. Biroq atrofda urush ketyapti, odamlarning dilxushlik qilish va hordiq chiqarishi uchun vaqti yo’q edi, cho’milish joylarida ham odamlar siyrak, shu bois bu yerdan kechayu kunduz jilmay, muhim turib, qolgan erkak kishi darhol ko’zga tashlanib, shubha uyg’otishi mumkin edi. Buni Kusto ham tushunar edi, shu sababli u kuzatishni maxfiy usulda olib borishga qaror qildi. Xuddi o’sha kunlarda unda suv ostida bemalol nafas olishga va uzoq turib qolishga imkon beradigan apparatni yaratish xayoli uyg’ondi. Nihoyat 1943 yilda u o’z rejasini muhandis E. Ganyan bilan birga amalga oshirdi. Albatta, dastlabki akvalang o’z qurilmasiga ko’ra ancha sodda edi, uni hozirgi mukammal namunalari bilan qiyoslab ham bo’lmaydi. Lekin akvalangning yangi-yangi nusxalari ham o’z tuzilishi asoslariga ko’ra o’sha birinchi akvalangga o’xshab ketadi. Ya’ni suzuvchining orqasiga havo zich qilib to’ldirilgan ikkita uzun ballon tirkaladi, ulardan nafas olish apparati degan maxsus qurilmalar orqali nafas olish va chiqarish uchun ikkita quvurcha o’tkazilgan bo’lib, ular «illyuminator» degan himoya niqobi bilan o’zaro biriktirilgan. Akvalanglarga birdan katta ehtiyoj paydo bo’ldi: axir ular insonning 35-40 metr chuqurlikkacha suvga sho’ng’ishiga va suv tagida bir soatgacha qolib ketishiga imkon beradi. To’g’ri, suv tagida bunday uzoq muddatga sayohat qilish uchun inson kuchli va chidamli bo’lishi ham kerak, chunki bir necha daqiqa sayozroq suvda suzib yurish har qanday odamning ham qo’lidan keladi.