AKVAMARIN
AKVAMARIN (lotincha aqua marina — dengiz suvi) — mineral. Qattiqligi 7,5— 8. Sof og’irligi 2,63—2,80. Berillnchng ochzangori, ko’kimtir-yashil yoki kulrangzangori tiniq turi. Geksagonal prizmasimon cho’ziq shaklga ega. Akvamarin granit pegmatitlarida va yuqori temperaturali kvars ertomirlarda uchraydi. Akvamarin qimmatbaho tosh, zargarlikda ishlatiladi. Uning yaroqsiz darz ketgan turlari berilliy uchun xom ashyo hisoblanadi.