AKVANITLAR

AKVANITLAR — ammiak selitrasi va trotil asosidagi suvga to’yintirilgan plastik portlovchi moddalar. Portlashda ajraladigan issiqligi 4,6 MJ/kg. Mexanik ta’sirlarga ancha chidamli. Gaz va chang jihatidan xavfsiz shaxtalar va konlarda qo’llaniladi.