ALABAMA
ALABAMA — AQSh shtati, mamlakatning Janubda. Yer yuzasining katta qismi tekislik, shimol va shimoli-sharqida Tennessi daryosi kesib o’tgan Appalachi tog’larining tarmoqlari bor. Maydoni 133,7 ming kilometr kvadrat. Aholisi 4,1 million kishi (30% negrlar, 1992). Ma’muriy markazi — Montgomeri shahri. Shahar aholisi 55%. Sanoatining asosiy tarmoqlari — qora metallurgiya va metallsozlik. Toshko’mir, temir rudasi, boksit qazib chiqariladi. To’qimachilik, kimyo (Masalan — Shols, Xantsvill) va yog’och-qog’oz sanoati (Chayldersberg) rivojlangan. GESlar bor. Tennessi vodiysida — kimyo va boshqa korxonalar, Xantsvillda aviatsiya-raketa hamda portlovchi moddalar zavodlari bor. Qishloq xo’jaligining asosiy mahsulotlari: broiler jo’jalar (mamlakatda 3 — o’rinda), paxta, tuxum. kramol boqiladi. Dehqonchilikda makkajo’xori, yer yong’oq, xashaki ekinlar ekiladi.
ALABAMA — shimoliy Amerikadagi daryo, AQShning Janubi-sharqida, aksari qismi Alabama shtatida. Uzunligi 640 kilometr (Kusa daryosi boshlangan joydan 1064 kilometr). Havzasining maydoni 115 ming kilometr kvadrat. Meksika yoni pasttekisligidan oqib o’tadi va Meksika qo’ltig’iga delta hosil qilib quyiladi. Yomg’irdan suv oladi. Kusa va Tallapusa irmoqlarida suv omborlari qurilgan. Suv sarfi 1790 metr kub/sekund. Etagidan Montgomeri shahrigacha kema qatnaydi. Alabama etagida mobil shahar bor.