ALAGOAS

ALAGOAS — Braziliyaning shimoliy- sharqidagi shtat. San-Fransisku daryosi quyi oqimidan shimolroqda. Maydoni 27,7 ming kilometr kvadrat. Aholisi 2420 ming kishidan ziyod. Ma’muriy markazi va asosiy porti — Maseyo shahri. Katta maydonlarga shakarqamish (sohil bo’yi tekisligida) va paxta (Braziliya tog’ligida) ekiladi. Oziq-ovqat va to’qimachilik sanoati korxonalari bor. San-Fransisku daryosidagi Paulu-Afonsu sharsharasi yonida katta GES qurilgan.