A’lam
A’lam (arabcha-bilag’on, olimlarning olimi)-diniy-huquqiy masalalar yuzasidan fikr beruvchi diniy amaldor. Odatda, muftiylar tuzgan fatvo yoki rivoyatga, A’lam muhr bosgach, u kuchga kirgan va qozilar o’sha hujjat asosida hukm chiqargan. Buxoro xonligi davrida har bir qozi yonida A’lam bo’lgan.