ALAMBARDOR MAQBARASI

ALAMBARDOR MAQBARASI — Turkmanistondagi me’moriy yodgorlik (11-asr). Somoniylar sulolasidan Muntasir (1005 yil vafot etgan) dafn qilingan deb taxmin etiladi. Maqbara peshtoq gumbazli, bir xonali, murabba tarxli (10,35×10,35 metr), devorlari qalin, gumbaz osti bag’allariga g’ishtlar mavjli shaklda terilgan. Bosh tarzi uch qismga bo’lingan. O’rtadagi chuqur ravokli peshtoq va ikki yonidagi yassi ravoqda g’ishtlar naqsh hosil qilib terilgan.