ALAMUT
ALAMUT — Qazvin (Eron) shahrining shimoliy-g’arbida, Elburs tog’idagi qal’a. Ismoiliylar mazhabining maxfiy tariqati bo’lgan hashshoshiylar boshlig’i Hasan Sabboh 1090 yil bosib olgan. Nihoyatda mustahkam deb hisoblangan bu qal’ani tariqatning maxfiyatini saqlash maqsadida o’ziga qarorgoh qilgan. Hasan Sabbohning maxfiy fidoiy ayg’oqchilari shu yerdan topshirik olib, o’sha vaqtdagi podshoh, xalifa va hokimlarga taxdid solgan. Shu sababli bu qal’a 11-asr oxiri va 12-asr boshlarida qotillar va ur-yiqitchilar markazi degan nom bilan mashhur bo’lgan. Alamut 1090-1256 yil dahashshoshiylar markazi bo’lib turdi. 1256 yil Alamut flokuxonning askarlari tomonidan egallanib vayron qilingan.