ALANIY

ALANIY, a-aminopropion kislota, tabiatda keng tarqalgan aminokislotalardan biri. Molekulyar modda 89,09. Organizmda erkin holda uchraydi, barcha oqsillar tarkibiga kiradi. R-A. CH2(NH2) CH2COOH oqsillar tarkibida uchramaydi, lekin aminokislotalar almashinuvida u oraliq mahsulot bo’lib, ayrim biologik faol birikmalar tarkibiga kiradi. Bufer eritmalar tayyorlashda, pantoten kislota va biologik faol peptidlar analoglarini sintez qilishda ishlatiladi.