ALASHAN

ALASHAN — Xitoyning shimolidagi cho’l, Nanshan tog’laridan shimoli-sharqda. Maydoni qariyb 170 ming kilometr kvadrat. Alashanning yer yuzasi past tog’lar, qumli va toshloq yerlardan iborat to’lqinsimon tekislik. Katta qum massivlari ko’chib yuradi, balandligi 250 metrgacha barxanlar hosil qiladi. Balandligi 820 metrdan (shimoli-g’arbida) 1660 metrgacha (Janubda). Iqlimi kontinental, yanvar oyida temperatura — 6,8°, — 12 gradus, iyulniki 22,6° — 26,1°. Yog’in kam yog’adi (200 millimetrgacha). Eng yirik daryolari — Edzin-gol (Joshuy), Shuyxe. Katta ko’li — Sogo-nur. Alashanda gil tuproqli pastlik joylarda sho’rxoklar, taqirlar uchraydi. Asosiy o’simliklari: juzg’un, yovvoyi piyoz, saksovul va turli xil o’tlar. Aholi siyrak, asosan ko’chmanchi chorvadorlar yashaydi.

ALASHAN, Xelanshan — Xitoyning Gansu provintsiyasidagi tog’tizmasi, Alashan cho’lining Janubi-Sharqiy chekkasida. Shimoldan Janubga 270 kilometrga cho’zilgan. Eng baland nuqtasi 2855 metr. Alashan tuprog’i unumdor va aholi zich yashaydigan Xuanxe vodiysini Alashan qum cho’lidan ajratib turadi. Alashanning yuzasi toshloqli chala cho’ldan iborat. Chala cho’l va dasht o’simliklari o’sadi. Ko’mir koni bor.