ALAYHISSALOM

ALAYHISSALOM (as) (Arabcha — unga salom bo’lsin) — Islomda payg’ambarlar nomi tilga olinganda aytiladigan duo. Bu duo barcha payg’ambarlar, jumladan Muhammad (sav) nomi tilga olinganda ham aytiladi. Ammo, mazkur duoning ikkinchi turi — «Sallallohu alayhi vasallam» (sav) («Alloh taolo ul zotga o’zining salavot va salomini nozil etsin») ham mavjud bo’lib, u faqat Muhammad payg’ambarga nisbatan aytiladi.