ALAZONLAR
ALAZONLAR — shimoliy Qora dengiz bo’yidagi skif qabilalaridan biri (miloddan avvalgi 7-2 — asrlar). Ular haqidagi ma’lumotlar Gerodot, Strabon, Pavsaniy va Stefan Vizantiyskiy asarlarida uchraydi. Alazonlar Ol’viyadan shimolda, Janubiy Bug daryosi havzasida yashaganlar. Dehqonchilik bilan mashg’ul bo’lganlar. Alazonlar yashagan hududda hali fan tomonidan yaxshi o’rganilmagan bir qancha skif shahar va qishloq xarobalari saqlangan.