ALBASETE
ALBASETE — Ispaniyaning Mursiya Muxtor viloyatidagi shahar, Albasete provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 129 ming kishi (1991). Qadimdan pichoq yasaladi. Kime, ko’nteri, tsement sanoati, go’sht-konserva, un qadoqlash korxonalari, vinochilik mavjud. Za’faron va esparto qayta ishlanadi.