ALBUMINLAR

ALBUMINLAR (lotincha albumen — tuxum oqsili) — hayvon va o’simlik to’qimalari tarkibiga kiradigan oddiy oqsillar; tuxum oqi, qon zardobi, sut, o’simliklar urug’ida bo’ladi. Albuminlar past molekulyar og’irlikka ega; suvda, kuchsiz tuz eritmalarida eriydi, neytral tuzlarning yuqori kontsentrasiyasida cho’kadi. Albuminlar uchraydigan joyiga qarab zardob Albuminlari, tuxum Albuminlari, sut Albuminlari deb ataladi. Zardob Albuminlari.qon tarkibidagi oqsillarning yarmidan ko’pini tashkil etadi. Qonda bir qator moddalar: erkin yog’ kislotalarni, Asteroid va tireoid gormonlarni tashishda, zaharli moddalar, masalan, og’ir metallarni zaharsizlantirishda ishtirok etadi. Albuminlar to’qimalarda suv-tuz va azot almashinuvida muhim rol o’ynaydi.