ALDEGIDLAR
ALDEGIDLAR, RCHO — molekulasida organik radikal (R) va vodorod atomi bilan bog’langan karbonil guruhi (>C=o) bo’lgan organik birikmalar. Aldegid guruhi (—SNO) ning qanday radikal bilan birikkanligiga qarab to’yingan, to’yinmagan, aromatik va geterosiklik Aldegidlar bo’lishi mumkin. Aldegidlarni atashda tegishli organik kislotalarning nomlaridan foydalaniladi. Masalan, chumoli kislotaga to’g’ri kelgani chumoli aldegid yoki formaldegid, sirka kislotaga to’g’ri kelgani sirka aldegid yoki atsetaldegid deyiladi. Jeneva nomenklaturasi bo’yicha Aldegidlarni atash uchun uglevodorodlar nomi yoniga al qo’shimchasi qo’yiladi. Masalan, HCHO metanal, SN3SNO etanal. Ba’zi Aldegidlar tasodifiy nomlarga ega; masalan, furfurol Aldegidlar birlamchi spirtlarni oksidlash, organik kislotalar hosilalarini qaytarish va boshqa usullar bilan olinadi. Ular juda tez reaktsiyaga kirishuvchi faol moddalar hisoblanadi. Reaktsiya paytida radikaldagi vodorod atomlari va karbonil guruhdagi kislorod boshqa atomlarga almashinishi hamda >C=o dagi qo’shbog’uzilishi natijasida boshqa atomlarni biriktirib olishi mumkin. Bulardan tashqari, Aldegidlar aldol, kroton va murakkab efir kondensasiyalari degan kondensasiyaga uchrashi mumkin. Aldegidlar oson oksidlanadi. Ular polimerlanishi, ya’ni bir necha mole-kulalari o’zaro birikib, yuqori molekulyar birikma hosil qilishi mumkin. Ba’zi Aldegidlar ishqorlar ta’sirida Kannistsaro reaktsiyasi deb ataladigan reaktsiyaga kirishadi. Ular fenolformaldegid smolalar olishda, antiseptiklar sifatida, dezinfektsiyalashda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi.