Alebarda

Alebarda (fransuzcha hallebarde-egallaysiz, olasiz, italyancha alabarda so’zidan)-jang quroli, bolta yoki tabar o’rnatilgan uzun nayza. XIV-XVI asrlarda piyoda qo’shinlar qurollari tarkibiga kirgan. XVIII asrgacha harbiy ko’riklar vaqtida undan foydalanilgan. Uzunligi 2-2,5 metrni, og’irligi 2,5-5,5 kilogrammni tashkil etgan. Alebardalar asosan, boltasining shakli va hajmi bilan farqlangan: enli va ensiz, yarimoysimon va tekis, botiq va qabariq turlari mavjud edi. Dushmanning jonli kuchini yo’q qilish, suvoriylarni otdan ag’darish, abordaj vaqtida kemalarni ilib tortish, kesuvchi-choluvchi zarbalar berish maqsadida foydalanilgan.