ALEKSANDR I KARAGEORGIYEVICH

ALEKSANDR I KARAGEORGIYEVICH (1888. 17. 12 — 1934. 9. 10) — Yugoslaviya (1929 yilgacha serblar, xorvatlar va slovenlar qirolligi) qiroli (1921 yildan). 1929 yil harbiy-monarxik diktatura o’rnatgan. Ulug’ serb shovinistik ichki siyosati olib borgan, tashki siyosatda Frantsiya ta’sirida bo’lgan. Marselda (Frantsiya tashqi ishlar vaziri L. Bartu bilan birgalikda) xorvat millatchilari — ustashlar tomonidan o’ldirilgan.