ALEVRIT

ALEVRIT (Yunoncha aleuron — un) — bo’shak (zichlashmagan), chaqiq (parchalangan) cho’kindi jins. Alevrin o’z zarrachalarining hajmiga ko’ra, qumdan mayinroq, giddan dag’alroq bo’ladi. Alevrindagi zarrachalarning diametri ko’pincha 0,01 millimetrdan 0,1 millimetrgacha. Shunday zarrachalardan hosil bo’lgan tog’ jinslarining strukturasi Alevrit strukturasi deb, zarrachalari esa Alevrit fraktsiyasi deb ataladi. Alevritga chang, lyoss va lyossimon jinslar kiradi.