ALFER
ALFER (alyuminiy va lotincha ferrum — temir) — asosan temir va alyuminiydan iborat qotishma. Tarkibida — 13% alyuminiy (A1) bor, qolgani temir (Fe). Magnitostriktsion xossalarga ega bo’lgan magnit jihatdan yumshoq qotishma hisoblanadi. Elektroakustik (magnitostriktsion) o’zgartirgichlar tayyorlashda ishlatiladi.