ALGOL
ALGOL (inglizcha — Algorithmic language — algoritmik til) — bir qancha programmalash (dasturlar tuzish) tillarining qisqartirilgan nomi; EHMda ilmiy texnik masalalarni hal qilish uchun programma (dastur) tuzishda qo’llaniladi. Algolinson tili bilan mashina tili o’rtasida vositachidir. 1958-60 yillarda ishlab chiqilgan (A-58, A-60), 1964-68 yillarda takomillashtirilgan (A-68). Asosiy belgilari — o’nli raqamlar, lotincha kichik va bosh harflar, tinish belgilari, arifmetik va mantiqiy amallar belgilari, boshqa maxsus belgilar, ingliz so’zlari. Algolni mashina tiliga o’tkazish uchun maxsus translyator tuziladi.