ALI DO’ST NOYI

ALI DO’ST NOYI (16 — asr oxiri- 17-asr boshlari) — musiqashunos, sozanda-bastakor. Bastakor va musiqashunos Maxdumzoda Xorazmiyning shogirdi. Ko’pgina amallar va mustahil (yangi oy) nomli cholg’u asarlarining muallifi. Hisorda, keyinchalik Balxda yashagan. Bu yerda tanikush san’atkor Abdulloh Noyidan ta’lim oladi, Termizdagi san’atkorlar homiysi Mirarab huzurida ijod qiladi. Xojagi Ja’far Qonuniy, Amir Masti Qobuziylar bilan bir qatorda Ali Do’st Noyi Darvishali Changiyning «Tuhfat ussurur» («Shodlik tuhfasi») asari uchun qimmatli ma’lumotlar bergan.