ALI NASAFIY MAQBARASI
ALI NASAFIY MAQBARASI (14-asr) — Shohizinda ansambli tarkibida. Nasaf (qarshi)lik Binokor usta Ali Nasafiy qurgan (14-asr 70-80-yillar). Maqbara 11 —12-asrlarda qurilgan binolar o’rnida bunyod etilgan. Zangori — ko’k peshtoqli maqbara, «Nomsiz — 1», «Alim Nasafiy maqbarasi» nomlari bilan ham mashhur. Murabba xonasi ikki kavat gumbaz bilan yopilgan, 16 qirrali gardishga o’rnatilgan tashqi gumbaz uzoqdan ko’zga tashlanadi. Bo’rtma naqsh ishlab, sirkori parchin bilan bezatilgan go’rxona murabba tarhli (3,45×3,45 metr), balandligi 1,75 metr, balxi gumbaz bilan yopilgan.