ALI SHUNQOR

ALI SHUNQOR (15 — asr 2 — yarmi) -shoir va sozanda-bastakor. Alisher Navoiy va Darvishali Changiylarning ta’kidlashicha, Ali Shunqor noyob iste’dodlardan bo’lib, bir necha bayoz va devonlar tuzgan, bir qancha musiqa asarlari yaratgan. U o’z g’azallariga musiqa bastalab, o’zi kuylagan. Dugoh maqomining turkiy zarb usulidagi «Savti Begumiy» va «Naqshi Begumiy» kabi taronalari bilan shuhrat qozongan.