ALIDADA

ALIDADA (Arabcha, al-idoda — chizg’ich) — sonlarni ko’chiruvchi metall chizg’ich. U burchak o’lchaydigan astronomik va geodezik asboblar doirasi markazidan o’tadigan o’qqa o’rnatilib, ikki uchiga verner yoki mikroskop joylashtiriladi. Shular yordamida doira chetida ko’rsatilgan sonlarni kerakli aniqlikda yozib olish mumkin. Alidada burchaklarni hisoblash uchun xizmat qiladi.