ALING-GANGRI
ALING-GANGRI, Nainsinga –Tibet tog’ligining Janubi-g’arbidagi tizma, Xitoyda. Gandisishan tog’laridagi eng baland tizma, uzunligi qariyb 600 kilometr. Balandligi 7315 metrgacha. Granit, slanes, kvarsitlardan tuzilgan. Tabiati baland tog’ cho’lidan iborat. 4500 metrdan yuqorida ayrim joylarda doimiy qor va muzliklar bor.