ALIQULOV ALISHER MAHMUDOVICH

ALIQULOV ALISHER MAHMUDOVICH (1966.20.11, Toshkent) — rangtasvir ustasi, O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi (2003). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1987) va Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti (1995 )ni tugatgan. Aliqulov monumental rang-tasvirda samarali ijod qiladi. Asarlari mavzui, asosan, O’zbekiston tarixiga bag’ishlangan. Tarixiy voqealar, shaxslar, an’analar va marosimlarni realizm asosida aks ettiradi: «qadimgi Baqtriyada sport o’yinlari» (1996, Olimpiya shon-shuhrati muzeyida), «Dunyo xalqlari ertaklari» (1997, yosh tomoshabinlar teatrida); «O’zbekistonning buyuk siymolari» (1998, Toshkent shahri Kapital qurilish bosh boshqarmasida), Toshkent shahri hayvonot bog’idagi bir necha dioramalar (1997-98), «Xalq qo’zg’olonlari va jadidchilik harakatlari» (2000) va «Amir Temur jahon tarixida» (2002, ikkalasi ham O’zbekiston tarixi muzeyida) va boshqa monumental asarlar;» «Amir Temurning To’xtamish ustidan g’alabasi» va «Samarqand bozori» (1996, Temuriylar tarixi davlat muzeyida), «Amir Temur maqbarasi», «bayroq uchun jang» (1996) va «qasrning zabt etilishi» (1998, ikkalasi ham Markaziy ofitserlar uyida), «sovg’a» (2003) va boshqa dastgoh asarlari. Aliqulov respublika va xorijiy mamlakatlar (Ozarbayjon, Turkiya, Misr, Makedoniya, AQSh va boshqalar) dagi ko’rgazmalarda asarlari bilan qatnashdi. «Shuhrat» medali bilan mukofotlangan (1996). O’zbekiston ba Oltin medali bilan taqdirlangan (2001).