ALKENLAR

ALKENLAR — tarkibida qo’shbog’ bo’lgan to’yinmagan uglevodorodlar. Alkenning juda ko’p molekulalari o’zaro birikib (polimerlanish reaktsiyalariga kirishib), yuqori molekulali birikmalar hosil qiladi. Ko’pgina muhim polimerlar (polietilen, polipropilen, polistirol, poliizopren) shu yo’l bilan olinadi.