ALLEGRETTO

ALLEGRETTO (italyancha allegretto, allegioning kichraytirilgan shakli) — musiqada: 1) o’rtacha tezlikdagi (allegroga nisbatan sekinroq) sur’at; 2) shu sur’atda ijro etiladigan musiqa asari yoki uning qismi. O’zbekiston kompozitorlari asarlarida, ko’proq, sur’at sifatida ishlatiladi: Ikrom Akbarovning 1-kvarteti (1-qismi) va 3-kvarteti (2-qismi), S. Yudakovning «Maysaraning ishi» operasidagi Hidoyatxon qo’shig’i va boshqalar.