ALLIL SPIRT

ALLIL SPIRT, SN2=SN-SN2ON oddiy to’yinmagan spirt, molekulyar modda 58,08. Qo’lansa hidli, rangsiz suyuqlik, suyuqlanish temperaturasi — 129°, qaynash temperaturasi 96,9°. Suvda, etil spirt va etil efirda yaxshi eriydi. Suv bilan azeotrop aralashma (28% N2O; qaynash temperaturasi 89°) hosil qiladi. Sanoatda Allil spirt allil xloridni 100° da, 1,0 MPa bosimda ishqor ishtirokida gidrolizlab olinadi. Spirtlarga va qo’sh bog’li birikmalarga xos barcha reaktsiyalarga kirishadi. Allil spirt gliserin, akrolein, oddiy va murakkab allil efirlar, sintetik smolalar va farmasevtik preparatlar olishda ishlatiladi.