ALLOGENEZ

ALLOGENEZ (Yunoncha allos — boshqa va genesis — kelib chiqish, paydo bo’lish) — organizmlar guruhi evolyutsiyasining yo’nalishi, o’zaro yaqin turlarda tuzilishning umumiy darajasi o’zgarmasdan saqlangan holda bir xildagi xususiy moslanishlarning boshqasi bilan almashinuvi. Allogenez yashash muhiti o’zgarganida, masalan, quruq muhit nam muhit bilann almashganida (allomorfoz, ya’ni idioadaptasiyash) paydo bo’ladigan adaptiv o’zgarishdan iborat. Allogenezda bir xil organlar rivojlanib ixtisoslashadi, boshqalari o’z ahamiyatini yo’qotib reduktsiyaga uchraydi. Shuning bilan birga ontogenezning barcha bosqichlari ham qayta quriladi.