Almenda
Almenda (nemischa Allmende, o’rta asr nemischa al(ge)meinde-hammaga tegishli so’zidan)-germanlarda o’rta asrlarda qishloq jamoalarining a’zolari umumiy foydalanadigan yer-mulklari (o’tloqlar, o’rmonzorlar, haydaladigan yerlar). Almenda mulklari qishloq jamoalari asoratga solinganidan keyin ham saqlanib qoldi. XI-XIII asrlarda Almenda ancha qisqardi, chunki aholining o’sishi va boshqa sabablarga ko’ra, Almenda hisobiga yerlar bo’lib berildi. Bundan tashqari, feodal Almendani yakka o’zi boshqarishga, uni o’z domeniga qo’shib olishga intildi. Krepostnoylik qishloqlariga tovar-pul munosabatlari kirib kelishi bilan, Almendaning ahamiyati oshadi, u shiddatli sinfiy kurash ob’yektiga aylanadi. Almenda uchun kurash XIV — XVI asrlarda barcha dehqon qo’zg’olonlarida katta rol o’ynaydi. Kapitalistik munosabatlarning vujudga kelishi va rivojlanishi Almendadan foydalanishda tub burilishni keltirib chiqardi. Angliya lordlari uni o’z mulkiga aylantirdilar. Ga’rbiy Yevropaning boshqa mamlakatlarida Almenda bo’lib yuborildi, bunda feodal-pomeshchik uning katta qismini qo’lga kiritib qoldi.