ALMERIYA
ALMERIYA — Ispaniya Janubidagi shahar va O’rta dengiz sohilidagi port. Andalusiya Muxtor viloyatida. Almeriya Provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 154,3 ming kishi (1991). Almeriya orqali temir va qo’rg’oshin rudalari, oltingugurt, qishloq xo’jalik mahsulotlari chetga jo’natiladi. Vino sanoati rivojlangan; musiqa asboblari ishlab chiqariladi, charm poyabzal, tsellyuloza-qog’oz, tsement sanoati korxenalari bor. Me’moriy yodgorliklaridan arablar qurgan Alqasaba qal’asi (8-11-asrlar), shuningdek 15-asrda qurilgan sobor saqlangan.