A’lo
A’lo (arabcha-yuqori) – 1) sifatli, fazilatlari jihatidan eng yaxshi, eng yuqori, asl; 2) madrasa talabalarining yuqori guruhi; 3) o’quv yurtlari, maktablarda o’quvchilar bilimlarini baholashning besh balli tizimidagi eng yuqori baho (“5” baho).