ALO UL-BUXORIY

ALO UL-BUXORIY, Alishoh ibn Muhammad ibn Qosim (13-asr Buxoro) — munajjim. Tarjimai holi haqida to’la ma’lumot yo’q. Birmuncha vaqt Xorazmda turgani uchun Xorazmiy nisbasi bilan ham mashhur. Alo ul-Buxoriy yulduzlar harakatiga oid «Ziji shohiy» nomli jadval yaratgan. «Umdat ilhoniya» («Ilhoniylar tayanchi») asari bilan nom qozongan. Unda ilmi nujum (astrologiya) sohasida o’z davrida olingan natijalar umumlashtirilgan.