ALOUDDIN XALJI

ALOUDDIN XALJI, Alouddin Muhammadshoh I — Dehli sultonligi hukmdori (1296— 1316). Amakisi Jaloliddin Xaljini xiyonatkorona o’ldirib taxtni egallagan. Saltanatni mustahkamlab, hududini kengaytirgan. Yagona ma’muriy tizimni joriy qilgan, soliqlarni tartibga solgan. Musulmon ruhoniylarining davlat ishlariga aralashuviga chek qo’ygan. Iqtodorlar va musulmon-diniy muassasalari (inomlar va vaqflar) davlat xazinasi foydasiga musodara qilingan, yerlardan olinadigan soliq miqdori ancha oshirilgan. Alouddin xalji davrida dehqonlardan olinadigan natural soliqlar mikdori hosilning yarmigacha oshirilgan. Alouddin xalji ulkan qo’shin tuzgan, mo’g’ullar saltanatning shimoliy-g’arbiy chegaralariga qilgan bosqinlarini bir necha marta (1303-08) qaytargan. O’z navbatida Janubiy Hindistonda zafarli urushlar olib borgan (1306-13 yillardagi dekan yurishlari). Alouddin xalji Ashoka davridan so’ng birinchi bo’lib butun Hindiston hududini o’z ichiga olgan yagona davlat tuzishga erishgan.