ALTERNATIV XARAJATLAR

ALTERNATIV XARAJATLAR — ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish variantini tanlash bilan bog’liqxarajatlar (zararlar). Ushbu xarajatlar ishlab chiqarish resurslarini ishlatishning alternativ variantlaridan voz kechish natijasida yo’qotishlar bilan o’lchanadi. Masalan, faraz qilamizki, biror-bir shaxsning o‘z ishlab chiqaradigan dastgohi bor. Uni ishlatishning ikkita muqobil varianti mavjud. Agar uni o‘zi ishlatsa, yiliga 100 ming, ijaraga bersa, 50 ming foyda ko’radi. U ikkinchi variantni tanlaydi, natijada 50 ming (100-50=50) yoqotadi. Xuddi ana shu 50 ming alternativ xarajatlarni tashkil qiladi.