Alufa, ulufa
Alufa, ulufa (arabcha — xashak, yem)-1) harbiy qo’shin va lashkar ixtiyoridagi ot-ulov uchun aholidan to’planadigan natural soliq. Choparlar va elchilarning ot-ulovi ham Alufa orqali yig’ilgan yem-xashak bilan ta’minlangan. Jangchilarga beriladigan maosh ham Alufa deb atalgan. Masalan, “Temur tuzuklari”da shunday qaydlar uchraydi. Alufa istilohi XII asrdan ma’lum: 2) XVIII asrda Buxoro xonligida g’oziylarni natura (bug’doy va boshqalar) hamda pul bilan taqdirlash.