ALYUMINIY XLORID
ALYUMINIY XLORID, A1S13 — xlorid kislotaning alyuminiyli tuzi, rangsiz kristall; zichligi 2440 kg/m3, qutbli molekulalardan tuzilgan organik erituvchilarda va suvda yaxshi eriydi (100 gramm suvda 44,38 gramm). Suvli eritmalarda uning oq-sarg’ish rangli kristallogidrata A1S13-6N2O hosil bo’ladi. Qutbli molekulalar (NH3, RS13, RS15) bilan birikmalar hosil qiladi. Kaolin, boksit va boshqa tabiiy minerallarga yuqori tempraturada xlor va uglerod (N)-oksid aralashmasini ta’sir ettirish yo’li bilan olinadi. Suvsiz Alyuminiy xlorid alkillash reaktsiyasida, neftni krekinglashda katalizator sifatida, shuningdek jun bo’yash sanoatida ishlatiladi.