AMALDAGI QONUN HUJJATLARI MONITORINGI INSTITUTI
AMALDAGI QONUN HUJJATLARI MONITORINGI INSTITUTI -O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi amaldagi qonun huj-jatlarini kuzatish, o’rganish, baholash va istiqbolni belgilash instituti. 1996 yil 3 dekabrda Toshkentda tashkil etilgan. U jahonda birinchi parlament intidir. Amaldagi qonun hujjatlarni monitoring instituti qonun hujjatlarini tahlil etib, demokratiya va inson huquqlari sohasidagi xalqaro mezonlarga muvofiqlashtiradi, Qonunchilik ishi mexanizmini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar beradi, qonun loyihalarini ilmiy ekspertizadan o’tkazadi. Tarkibi 5 bo’lim (shu jumladan, tahririyat-noshirlik bo’limi) va kotibiyatdan iborat. Amaldagi qonun hujjatlarni monitoring instituti O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qo’mitalari va komissiyalari, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar bilan o’zaro hamkorlikda ishlaydi, xalqaro tashkilotlar, xorijiy ilmiy tadqiqot, maslahat va o’quv markazlari, olimlar va mutaxassislar bilan ilmiy va amaliy aloqalar o’rnatgan.