AMALGAMA
AMALGAMA (lotincha amalgama — qotishma) — simobning boshqa metallar bilan qotishmasi. Amalgamani sun’iy yo’l bilan ham olish mumkin. Bunday Amalgama tarkibidagi simob va boshqa metallarning miqdoriga qarab, uy temperaturasi (18-20°) da suyuq, quyuq va qattiq holda bo’lishi mumkin. Amalgama metall buyumlarga oltin yugurtirishda, ko’zgu tayyorlashda, rangli metallurgiya (amalgamasiya) da, sun’iy tish yasashda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi.