Aman-ra

Aman-ra — qadimgi Misr xudolaridan biri — Quyosh xudosi; u qirg’iy qiyofasida tasvirlangan bo’lib, o’z panohida asrovchi tangri hisoblangan. Aman-raning obro’-e’tiborini orttirish maqsadida qadimgi quyosh xudosi Ra bilan tenglashtirilgan hamda unga xudolar podshosi va fir’avn (Misr podshosi)ning otasi sifatida e’tiqod qilingan; O’rta podsholik davrida Aman-raga sig’inish rasmiy tus olgan. Eramizdan avvalgi 16-13-asrlarda podsholar urush harakatlari olib borgan vaqtlarda Aman-ra g’oliblarning homiysi va g’alaba keltiruvchi tangri sifatisda mashhur bo’lgan. Harbiy o’ljalarning talaygina qismi Aman-ra ehromiga keltirib berilgan.