AMBARSUMYAN
AMBARSUMYAN Viktor Amazaspovich (1908—Tiflis—19%) — arman astrofizigi, akademik (1953), Armaniston Fanlar Akademiyasi akademigi (1943), Prezidenta (1947-93). LDU astronomiya rasadxonasi direktori (1938 yildan). Byurakan astrofizika rasadxonasi tashkilotchisi va direktori (1946 yildan). Nazariy astrofizika asoschilaridan biri. Ilmiy ishlari yulduzlar va galaktikalar kosmogoniyasiga, yulduzlar dinamikasiga, nestandart yulduzlarga, gaz tumanliklariga oid. Ambarsumyan galaktikaning tuzilishini o’rganishda yangi yo’nalish ochib berdi, somon yo’li tarkibida yangi xil yulduz tizimlari borligini (1947) aniqladi, ularni yulduz assotssasiyalari deb atadi.