Ambrazura
Ambrazura (fransuzcha embrasure-shinak)-to’p, minomyot va pulemyotdan o’q otish uchun mudofaa inshootlari hamda zirhli minoralarda quriladigan tuyduk; miltiq va avtomatlardan otish uchun qurilgan shinakdan farq qiladi. Ambrazuraning shakli hamda o’lchami qurolning ko’rsatkichlariga, otish sharoitiga va sektoriga bog’liq.