AMERIKA

AMERIKA — ikki materik, ya’ni Shimoliy Amerika va Janubiy Amerikadan iborat qit’a; ular orasidagi chegara odatda Daren bo’yni, ba’zan esa Panama bo’yni orqali o’tkaziladi. Dunyodagi eng katta Grenlandiya oroli va yon-atrofidagi bir qancha boshqa orollar ham Amerika tarkibiga kiradi. G’arbiy yarim sharda, Atlantika va tinch okeanlari orasida. Shimoliy Amerikada ko’pincha Markaziy Amerika va Vest-Indiya orollari alohida ajratiladi. Umumiy maydoni 42,5 million kilometr kvadrat. Aholisi 724 million kishi (1990). Grenlandiya va Shimoliy Amerikaning shimoliy -Sharqiy sohili 10— 11-asrlarda normannlar tomonidan kashf etilgan deb hisoblanadi. Antil orollari, Janubiy Amerika sohilining shim. qismi xamda shimoliy Amerikadagi Karib dengizi sohilining Janubiy qismini 1492-1503 yillarda X. Kolumb kashf etgan. Amerika rasmiy kashf etilishidan 5 asr ilgari Beruniy G’arbiy yarim sharda ham quruqlik bo’lishi mumkin degan fikrni aytgan. Amerika Amerigo Vespuchchi nomiga qo’yilgan.