AMFOTERLIK

AMFOTERLIK (Yunoncha amphoteros — ikkalasi; har ikkisi) — ba’zi element oksidlari va gidroksidlarining (amfolitlar deb ham ataladi) muhitga qarab ham kislota, ham asos xossalarini namoyon qilishi. Tipik amfoter birikma sifatida suv molekulasini ko’rsatish mumkin. Undagi kislotalik va asos (ishqor) lik xossalari reaktsiyaga kirishuvchi ikkinchi tarkibiy qism xususiyatiga bog’liq. Kuchli kislotalar bilan Amfoterlik xossasiga ega bulgan birikma asos holida va, aksincha, ishqorlar bilan kislota holida reaktsiyaga kirishadi. Kuchsiz borat kislota o’zidan kuchliroq ortofosfat kislota bilan reaktsiyaga kirishganda asos rolini bajarib, VRO4 tuzini hosil qiladi. Metall gidroksidlaridan Amfoterlik alyuminiy, galliy, rux, qalay gidroksidlarda va boshqalarda uchraydi. Bulardan galliy gidroksidi suvdagi eritmasining kislotalik va asoslik xossalari jihatidan dissosilanish konstantalari bir-biriga deyarli teng. Organik amfoter birikmalarga karboksil guruhlari bo’lgan aminokislotalar misol bo’la oladi.