AMIL SPIRTLAR
AMIL SPIRTLAR — bir atomli to’yingan spirtlar. Zichligi 814 kg/m3. Amil spirtlarning 8 ta izomeri bor. Ular orasida eng ahamiyatlisi izoamil spirtdir. Odatdagi sharoitda Amil spirtlarning hamma izomerlari suyuq bo’ladi. Izoamil spirt rangsiz suyuqlik bo’lib, undan qo’lansa hid keladi, qaynash temperaturasi 131,5°, suvda yomon erib, azeotrop aralashma hosil qiladi. Organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Asosan Sivuxa moyidan olinadi. Ular sintetik usullar bilan ham hosil qilinadi. Amil spirtlar sulfat kislota bilan qizdirilganda oddiy amil efirlar hosil bo’ladi. Izoamil spirtning murakkab efirlari, masalan, izoamilasetat xushbo’y modda. U meva essentsiyalari tayyorlashda va lok, bo’yoq ishlab chiqarishda erituvchi modda sifatida ishlatiladi.