AMILOIDOZ

AMILOIDOZ — hujayradan tashqarida oqsillar almashinuvining buzilishi, oraliq to’qimalarda anomal fibrillali murakkab oqsillar — amiloid hosil bo’lishi va to’planib qolishi; irsiy omilga bog’liq; surunkali kasalliklar (masalan, osteomielit) va hokazolar asorati sifatida yuzaga kelishi mumkin. Amilodekstrin parenxima atrofiyasi, skleroz va a’zolarning funktsional etishmovchiligiga olib keladi.