AMINOFENOLLAR
AMINOFENOLLAR, aminogidroksibenzollar, gidroksianilinlar — organik birikmalar. Aminofenollar mfoter birikmalar bo’lib, kislota va ishqorlar bilan reaktsiyaga kirishib, tuz hosil qiladi. Uch xil izomeri bor. o- Aminofenollar, suyuqlanish temperaturasi 174°, m- Aminofenollar, suyuqlanish temperaturasi 123° va p- Aminofenollar, suyuqlanish temperaturasi 186°. Orto — va paraizomerlar havoda oksidlanib jigarrang tusga kiradi, metaizomer esa barqarorroqdir. Aminofenollar nitrofenol yoki nitrofenollarni qaytarish yo’li bilan olinadi. Aminofenollar olgingugurtli bo’yoqlar va azobo’yoqlar ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Bundan tashqari, p- Aminofenollar «a ularning hosilalari, masalan, metol, amidol fotografiyada ishlatiladi. p — va o- Aminofenollar mo’yna hamda jun mahsulotlarini, o- Aminofenollarning N-metil hosilasi esa sochni jigarrangga bo’yashda qo’llaniladi. m- Aminofenollar p-aminosalisilat kislota ishlab chiqarishda oraliq mahsulot hisoblanadi.