AMINOKAPRON KISLOTA
AMINOKAPRON KISLOTA — organik kislota, rangsiz, achchiq ta’mli gigroskopik kristallar. Erish temperaturasi 202 — 203°. Molekulyar modda 131,18. Suvda yaxshi eriydi, odatdagi organik erituvchilarda erimaydi. Aminokapron kislota kaprolaktamni gidrolizlash yo’li bilan olinadi. Lizin kabi ba’zi aminokislotalarni sintez qilishda ishlatiladi.